
Kandyor
- Landing sayt
- Google Ads sozlash
Konditsioner o‘rnatish va ta’mirlash xizmatlari uchun landing sayt. Xizmatlar bilan tanishishdan ustaga bog‘lanishgacha bo‘lgan yo‘l sodda tuzildi. Loyiha uchun Google Ads reklamasi ham sozlab berildi.
Brendingizga mos, kreativ va jonli animatsiyalarga ega zamonaviy landing pagelar — har bir piksel mijozingizni xaridga yaqinlashtirish uchun puxta o‘ylangan. Dizayn, funksionallik va konversiyani oshiruvchi elementlar bir joyda jamlangan.
Bizning yondashuv — nafaqat chiroyli dizayn, balki samarali ishlovchi, tez yuklanadigan va kelajakda kengayishga tayyor bo‘lgan saytlar yaratishdir. Har bir element foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va biznesingiz o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Saytimiz barcha qurilmalarda – kompyuter, planshet va mobil telefonlarda – mukammal ishlashi uchun maxsus dizayn qilinadi. Har bir ekran o‘lchamiga moslashuvchi interfeys orqali foydalanuvchilar qulaylikni his etishadi.

Saytlarimizning barcha sahifalari eng qisqa vaqtda yuklanishini ta'minlaymiz. Raqobatga bardoshli sayt tez ishlashi bilan foydalanuvchilarni ushlab qoladi va ularning saytni tark etish ehtimoli kamayadi.

Saytingiz Google va boshqa qidiruv tizimlarida yuqori o‘rinlarda chiqishi uchun barcha texnik va mazmuniy optimallashtirish ishlari bajariladi. Bu esa ko‘proq tashrif buyuruvchilar va mijozlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Loyihangiz o‘sib borgani sari yangi bo‘limlar, xizmatlar yoki mahsulotlar qo‘shish imkonini beruvchi moslashuvchan va kengaytiriladigan sayt tuzilmasini yaratamiz. Keyinchalik yangilash juda oson bo‘ladi.
Har bir biznesning o‘z vazifasi bor. Mijozlarimiz uchun bu vazifalarni saytda qanday aks ettirganimizni ko‘ring.

Konditsioner o‘rnatish va ta’mirlash xizmatlari uchun landing sayt. Xizmatlar bilan tanishishdan ustaga bog‘lanishgacha bo‘lgan yo‘l sodda tuzildi. Loyiha uchun Google Ads reklamasi ham sozlab berildi.

Sport kimonolari ishlab chiqaruvchisi uchun sayt-vizitka. Mahsulotlar katalogi, ishlab chiqarish haqida ma’lumot va ulgurji hamkorlikka murojaat qilish imkoniyati bir joyda jamlandi.
Ish jarayoni
Avval dizayn, keyin kod. Saytingiz qanday ko‘rinishini oldindan ko‘rasiz — dasturlashga faqat dizayn sizga to‘liq ma’qul bo‘lgandan keyin o‘tamiz.
Biznesingiz, maqsadlaringiz va saytdan kutayotgan natijangizni birgalikda aniqlab olamiz.
Har bir buyurtma uchun shartnoma tuzamiz. Ish hajmi, muddat va to‘lov shartlarini oldindan kelishib olamiz.
Saytingiz dizaynini ishlab chiqib, sizga taqdim etamiz. Sayt qanday ko‘rinishini hali birorta qator kod yozilmasdan ko‘rasiz.
Fikr-mulohazalaringiz asosida dizaynni o‘zgartiramiz. Dizayn to‘liq ma’qul bo‘lgandagina keyingi bosqichga o‘tamiz.
Tasdiqlangan dizayn asosida saytni yaratamiz, domen va hostingga joylab, foydalanishga tayyor holda topshiramiz.
Rasmiy hamkorlik
Tashkilotlar va tadbirkorlar bilan shartnoma asosida ishlaymiz. Har bir buyurtma bo‘yicha kelishuvlar hujjatda aniq qayd etiladi.
Har bir buyurtma — shartnoma asosida
Biz sizning biznesingiz uchun mustahkam, tezkor va kengaytiriladigan saytlarni yaratamiz. HTML5, CSS3, React, Typescript, Tailwind CSS va boshqa eng so‘nggi texnologiyalar yordamida — barcha ehtiyojlaringizga mos yechimlar taklif qilamiz.
HTML
CSS
React
Node.js
Next js
Tailwind CSS
Redux
GitHub
Javascript
Typescript
Firebase
ShadCN UI
Sass
Bootstrap
Ant Design
Bitta tugma. Bitta buyurtma. Bitta mukammal sayt. Bu-BitByte
Loyihangiz uchun
Sayt, Telegram bot yoki reklama — vazifangizga mos xizmatni tanlang. Yakuniy narxni loyiha ko‘lami va ish hajmiga qarab kelishamiz.
120 $dan
Landing page’dan korporativ sayt va internet do‘kongacha — biznesingizga mos zamonaviy sayt.
200 $dan
Buyurtma, ariza va mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtiruvchi Telegram bot.
50 $dan
Google, Meta va Telegram’da sizni izlayotgan mijozlarni topadigan reklama kampaniyalari.
BitByte-da barcha yechimlar professional darajada. Biz sifatdan voz kechmagan holda, har qanday budjetga mos paketlarni ishlab chiqqanmiz. Narxlar orasidagi farq — bu ish hajmi va vaqt sarfidir. Arzon paketimiz ham xuddi qimmatlari kabi mukammal ishlaydi va biznesingizga foyda keltirishni boshlaydi.
To‘liq narxlarG‘oyangizni ayting — vazifangizga mos sayt, bot yoki reklama yechimini birga aniqlaymiz. Sizga qulay usulda bog‘laning yoki forma qoldiring.
Har bir buyurtma — shartnoma asosida.

Ma’lumotlaringizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.